
Allaberganova Dilfuza Ilyasovna

Allaberganova Dilfuza Ilyasovna
Kafedra: Ingliz tili
Mutaxassisligi
Ingliz filologiyasi
Tillar
O'zbek, Rus, Ingliz
Bog'lanish:
E-mail: dallaberganova@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID, Scopus
Tarjimai hollar
Allaberganova Dilfuza Ilyasovna 2014-yildan buyon Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ingliz tili kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadi. U 1998-yilda Urganch davlat universitetini “Ingliz tili” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Dilfuza Ilyasovna o‘quv jarayonida samarali o‘quv-uslubiy materiallardan faol foydalanadi, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, shuningdek, universitetning turli jamoat ishlarida ishtirok etadi.
Allaberganova Dilfuza Ilyasovna o‘quv jarayonida yuqori akademik natijalarga erishishga katta e’tibor qaratadi va talabalarning shaxsiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. U muhokamalarda o‘z fikrini aniq bayon qila olishi va auditoriyani ishontira olish qobiliyati bilan tanilgan bo‘lib, bu uning obro‘sini sezilarli darajada oshirgan.
Shu vaqtgacha u qator xorijdagi nufuzli universitetlarda o‘z malakasini oshirgan. Belgiyada va Daniyada Erasmus Mundus loyihasi doirasida tajriba almashish dasturida qatnashgan. Ilmiy faoliyati doirasida esa Rossiyaning Moskva davlat universiteti qoshidagi Yuqori tarjima maktabining “Didactics of Translation/Interpretation” kursida tinglovchi sifatida ham ishtirok etgan.