
Voxidova Nargiza Nuridinovna

Voxidova Nargiza Nuridinovna
Kafedra: Ingliz tili
Mutaxassisligi
Ingliz adabiyotshunosligi
Ingliz tilini xorijiy til sifatida o’qitish
Maxsus maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tilini o’qitish
Tillar
O’zbek, Rus, Ingliz
Bog‘lanish:
E-mail: nvoxidova@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID
Tarjimai hollar
Nargiza Nuridinovna, filologiya fanlari bo’yich falsafa doktori, ingliz tili kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlaydi. Bundan oldin Buxoro davlat universiteti ingliz filologiyasi kafedrasida o’qituvchi va fakultetlararo chet tillar kafedrasida katta o’qituvchi lavozimlarida ishlagan. Universitetda u umumiy maqsadlar uchun ingliz tili va maxsus maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili fanlaridan amaliy darslarni o’tadi. Uning ingliz adabiyotshunosligi, chet tillarni o’qitish metodikasiga oid 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Nargiza Nuridinovna “B2 Ready” darsligining hamda “Ingliz, rus va o’zbek tillarida eng ko’p qollaniladigan fe’llar lug’ati”ning, hamda nofilologik yo’nalishlarda maxsus maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tilini (English for Specific Purposes, ESP) o’qitish namunaviy dasturining hammualliflaridan biridir. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan “U.S. Moem asarlarida “shaxs va jamiyat” muammolari” nomli dissertasiyasini 2021-yil 29 oktabrda O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida himoya qilgan. U ingliz tilini maxsus maqsadlarda o’qitish metodikasi, ingliz adabiyotshunosligi, chet tillarni o’qitish metodikasiga bag’ishlangan Respublika va xalqaro konferensiyalarda ma’ruzachi sifatida qatnashib keladi. Nargiza Nuridinovna Fulbright FLTA dasturi sovrindori (Arizona davlat universiteti, 2012), “Yilning eng yaxshi ingliz tili o’qituvchisi” tanlovi g’oliblaridan biri (Toshkent, 2016), “El-yurt umidi” fondi stipendiatidir (Norvich, 2019).