
Ziyodullayev Jamshid Azamat o’g’li

Ziyodullayev Jamshid Azamat o’g’li
Kafedra: Ingliz tili
Mutaxassisligi
Metodologiya
Lingvistika
Maxsus maqsadlar uchun ingliz tili
Tarjima
Tillar
O'zbek, rus, ingliz
Bog'lanish:
E-mail: j.ziyodullayev@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID
Tarjimai hollar
Ingliz tili kafedrasi o’qituvchisi sifatida J.A.Ziyodullayev Moodle platformasida fan kursini takomillashtirish, o’quv materiallarini yaratish va talabalar bilimini baholash uchun intermediate va upper intermediate darajadagi talabalar uchun nazorat ishlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. 2024-2025 o’quv yilida J.A.Ziyodullayev xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar hamda siyosatshunoshlik yo’nalishida ta’lim olayotgan birinchi kurs talabalarga General English for Intermediate level va General English for Upper-intermediate level fanlaridan dars berib kelmoqda.
J.A.Ziyodullayev maxsus maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tilini o’qitish metodikasi bo’yicha 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifidir. Uning “Iqtisodiyot va Jamiyat” ilmiy jurnalda (OAK) chop etilgan “Kasb-hunar kollejlarida autentik materiallar yordamida maxsus maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tilini o’qitish amaliyoti” nomli maqolasi (2024-yil, may) va Italiya CRIOMW xalqaro kenferensiyasida chop etilgan “ESP tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari” (2024-yil, sentabr) nomli tezisi ingliz tilini o’qitishning turli metodlarini, ESP fanining boshqa turdosh fanlardan farqini va ushbu fanning asosiy xususiyatlarini yoritib beradi.
J.A.Ziyodullayev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste’dod Fondi granti sohibi bo’lib, u 2018-yilda Buyuk Britaniyaning Norvich Til Ta’lim Institutida zamonaviy pedagogik metodlar, baholash, ingliz tilini akademik maqsadlarda o’qitish usullari va dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni o’z ichiga olgan, ingliz tilini o’qitish, madinayat va xalqaro aloqalar deb nomlangan malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. U 2019-yilda Rossiya Federatsiyasi, Astraxan shahri, Astraxan Davlat Universitetida “Yuqori texnologiyali multimedia vositalaridan foydalangan holda ingliz tili va tarjima darslarini tashkillashtirishning innovatsion metodlari” nomli malaka oshirish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.