Ahmadjonov Hasan Ahmadjonovich

Ahmadjonov Hasan Ahmadjonovich

    Ahmadjonov Hasan Ahmadjonovich

    Ahmadjonov Hasan Ahmadjonovich

    Kafedra: Ingliz tili

    Mutaxassisligi

    Ingliz tili

    Tillar

    O‘zbek, Rus, Ingliz

    Bog'lanish:

    E-mail: xaxmadjonov@uwed.uz

    LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, ORCID

    Tarjimai hollar

    Ahmadjonov Hasan Ahmadjonovich 2005-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tarjimonlik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomini olgan. 2010-yilda Polsha davlatining Lodz universitetida ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik diplomiga ega bo‘lgan. Hasan Ahmadjonovich o‘z pedagogik faoliyatini 2011-yilda 194-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2012-yildan 2014-yilgacha Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

    2014-yil sentabrdan hozirgi kungacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ingliz tili kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. 2022-yil 22-fevral kuni Ahmadjonov Hasan Ahmadjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2022-yil dekabr oyida u iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari yozma nutqini baholash va takomillashtirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmani grifga topshirgan.

    Shuningdek, Ahmadjonov Hasan o‘zining professional mahoratini oshirish maqsadida xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida bir necha bor malaka oshirish kurslarini tamomlagan. U AQSh Elchixonasi va Respublika ilmiy-amaliy innovatsiya markazi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kursida ishtirok etib, baholash bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan. 2005-yildan buyon ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Hasan Ahmadjonov muntazam ravishda malaka oshirish treninglarida qatnashadi. U o‘qitish metodologiyasi va til ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha American English E-Teacher Professional Development dasturini (Oregon universiteti, 2015) tamomlagan.

    Ilmiy nashrlar