Azizova  Nigina Muratovna

Azizova Nigina Muratovna

    Azizova  Nigina Muratovna

    Azizova Nigina Muratovna

    KAFEDRA: "Xalqaro huquq va davlat va davlat-huquqiy fanlar" kafedrasining oqituvchi

    TILLAR: Rus tili, O'zbek tili, Inglis tili, Fransuz tili

    MUTAXASSISLIGI

    Xalqaro huquq

    Xalqaro savdo huquqi

    Notarial huquqi

    BOG‘LANISH: n.azizova@uwed.uz

    LinkedinGoogle ScholarResearch GateAcademia, Web of Science, ORCID.

    Tarjimai hollar

    2009 yilda Bakalavriatni tamomlab, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro huquq fakultetida «Yurisprudensiya (xalqaro huquq)» mutaxassisligi bo‘yicha diplom olgan. 2011 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetning Xalqaro huquq fakultetida «Xalqaro savdo huquqi» mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan. Professional faoliyatini 2011 yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasida Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi mutaxassisi sifatida boshlab, 2012 yilgacha ishlagan. 2012 yildan 2015 yil avgust oyigacha Toshkent shahri Shayxonto‘hur tumani 3-sonli Davlat notarial idorasida notarius stajyori sifatida ishlagan. Stajirovka tugagandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yuqori malakaviy imtihon topshirib, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani 4-sonli Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga qabul qilingan. 2015 yildan 2020 yil dekabrda Davlat notarial idoralari tugatilgungacha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani 4-sonli Davlat notarial idorasi notariusi sifatida ishlagan. 2020 yilda mazkur idora tugatilgandan so‘ng, notariat sohasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi Litsenziya olgan. 2021 yildan 2025 yil iyul oyigacha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius sifatida ishlagan. Hozirgi vaqtda «Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar» kafedrasida Notarial huquq fanidan o‘qituvchi, shuningdek Davlat va huquq nazariyasi, Davlat va huquq tarixi hamda Ma’muriy huquq va jarayon fanlaridan seminar mashg‘ulotlari olib boradi.

    Ilmiy nashrlar

    2019 – Certificate from the Center for Advanced Training of Lawyers under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan for completing the course on “Professional Development of State Notaries”.

    2021 – Certificate from the Center for Advanced Training of Lawyers under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan for completing the “Special Training Course for Mediators”.

    2021 – Certificate from the Center for Advanced Training of Lawyers under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan for completing the course “Professional Development of Notariat Staff”.

    2024 – Certificate from the Center for Advanced Training of Lawyers under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan for completing the course “Professional Development of Notaries”.