
Ergasheva Sarvinoz Islombekovna

Ergasheva Sarvinoz Islombekovna
Kafedra: Xalqaro munosabatlar
Mutaxassisligi
Xalqaro munosabatlar
Siyosatshunoslik
Fanlar
Xalqaro munosabatlar nazariyalari
Xalqaro munosabatlar tarixi
Diplomatiya asoslari
Xalqaro tashkilotlar
Akademik yozuv
Tillar
O'zbek, Rus, Ingliz
Bog'lanish:
E-mail: s.ergasheva@uwed.uz
Tarjimai hollar
Sarvinoz Islombekovna Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlaydi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar” yo‘nalishi bo‘yicha Magistr darajasiga ega. Rus, ingliz va arab tillarida so‘zlasha oladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida qonunchilik, qonun va qonunosti hujjatlarni tahlil etishda uzoq muddatli amaliy tajriba orttirgan. Yirik milliy va xalqaro tadbirlarda ishtirok etib, tadbirlarni muvofiqlashtirish va diplomatik-protokol jarayonlarini shakllantirishda faoliyat olib borgan. “Otashkesim va vositachilik jarayonlari: Janubiy Kavkaz misolida” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. Sarvinoz Ergashevaning tadqiqot izlanishlari konflikt va konflikt dinamikasi, otashkesim jarayonlaridagi mediatsiya, tinchlik o‘rnatish jarayonlari masalalarini o‘z ichiga oladi.