
Xalqaro akademik hamkorlik ofisi
Bo'linmalar
Xalqaro akademik hamkorlik ofisi Universitet va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xorijiy davlatlar, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini, talabalar almashinuvi va ularning xalqaro tadbirlarda ishtirokini muvofiqlashtiradi.
Ofisning asosiy vazifalari:
-Universitetning xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari hamda ta’lim markazlari bilan imzolangan bitimlari asosida xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqadi va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
-Universitet rahbariyatiga xalqaro aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflarni beradi;
-Xorijiy ta’lim muassasalari, markazlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan universitetning hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari loyihalarini ishlab chiqadi va ularni rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
-Universitet fakultet, kafedra va bo‘linmalarining xorijiy davlat hamda nodavlat va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarda qatnashish yuzasidan umumiy faoliyatini muvofiqlashtiradi;
-Xorijiy hamkorlar bilan ta’lim loyihalarni amalga oshirish borasida Universitet fakultet, kafedra va bo‘linmalariga yordam beradi;
-Xorijiy davlatlar olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini Universitet ta’lim jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishiga ko‘maklashadi;
-Universitet professor-o‘qituvchilarining xorijiy xizmat safarlari yuzasidan hisobotlarni umumlashtiradi va Universitet rahbariyatiga taqdim etadi;
-O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar, faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yiladi;
-Talaba va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv hamda mobillik dasturlarini tashkil etadi va monitoring qilib boradi;
-Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarning chet elga ta’lim yoki ilmiy almashinuvlarga yuborilishini Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisi bilan birgalikda tashkil qiladi;
-Chet eldan kelgan talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni qabul qilish, ularni yashash joylari, viza, va orientatsiya kabi masalalarda qo‘llab-quvvatlaydi;
-Tashqi ishlar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining so‘rovlariga asosan oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarni tayyorlash;
-Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish;
-E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish;
-Xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
-Xorijiy OTMlardan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni ma’ruza o‘qish uchun taklif qilish;
-Xalqaro hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadi va amalga oshiradi.




