
Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisi
Bo'limlar
- Rektor ofisi
- Xalqaro aloqalar va marketing bo‘limi
- Fan va innovatsiyalar bo‘limi
- O‘quv uslubiy bo‘lim
- Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisi
- Karyera markazi
- Besh muhim tashabbus markazi
- Ommaviy axborot vositalari va nashriyot bo‘limi
- Ishlar boshqarmasi
- Reja-iqtisod bo‘limi
- Moliya bo‘limi
- Kadrlar bo‘limi
- Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
- Til ta’limi markazi
- Ingliz tili kafedrasi
- Sharq tillari kafedrasi
- O‘zbek va rus tillari kafedrasi
- Roman-german tillari kafedrasi
- Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi
- Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi
- Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi
- Xalqaro munosabatlar kafedrasi
- Siyosatshunoslik kafedrasi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisi” talabalikka qabul qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish, oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi JIDUning tarkibiy tuzilma hisoblanadi.
Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisining asosiy vazifalari:
- Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tganlarning hujjatlarini qabul qilish va tekshirish;
- Talabalarning shaxsiy ma’lumotlarini ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish;
- Qabul qilingan talabalarni universitet Ta’limni boshqarish tizimlarida (Learning management system) tizimlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Qabul hamda chetlatish, bitiruv bo‘yicha hamda turli talabalarga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
- Talabalar kontingenti harakatini tashkil etish va hisobga olish;
- Talabalarning ichki akademik mobilligini muvofiqlashtirish;
- Talabalarning ma‘lumotlar bazasini yaratish;
- Talabalar uchun imtihonlarni tashkil qilish;
- Tanlov fanlarga (elective) yozilish jarayonini tashkil etish hamda talabalarni fanlarga yozish (enrollment)ni tashkil etish;
- O‘qitishning istalgan bosqichida ma’lumotnomalarni (transkriptlarni) berish;
- Akademik guruhlarni shakllantirish;
- Tanishuv haftasida talabalarni JIDU o‘quv platformalaridan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish;
- Talabalarning shaxsiy fayllarini arxivdan oldingi davrda saqlash;
- Ta’limni boshqarish tizimi (Learning management system) ta’lim platformalarida ma’lumotlar bazasini (MB) shakllantirish va muntazam yangilab borish;
- Talabalar kontingenti bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yuritish;
- Auditoriyalar bandligini nazorat qilish;
- Talabalar murojaatini o‘rganish va natijalari bo‘yich doimiy monitoring olib borish;
- Trimestr (qayta o‘qish) jarayonini tashkil qilish;
- Qayta topshirish jarayonini tashkil etish;
- “Edo.ijro.uz” ijro tizimidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash;
- O‘quv yili dars jadvalini tuzish;
- Talabalarning dars sifati haqidagi fikrlarini o‘rganish yuzasidan “Feedback” tashkil qilish, natijalari atroflicha o‘rganib chiqib tegishli takliflar kiritish;
- Ofis universitet fakultetlari, Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisi hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda boshqa vazifalarni bajaradi.