
JIDUda Xalqaro tarmoqlararo muloqot: Markaziy Osiyo “yashil iqtisodiyot” yo‘lida
JIDUda Xalqaro tarmoqlararo muloqot: Markaziy Osiyo “yashil iqtisodiyot” yo‘lida

2025-yil 17-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadida Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari: siyosiy jihatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir mintaqa davlatlaridan yetakchi ekspertlar, olimlar, NNT va davlat idoralari vakillarini birlashtirib, Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish bo‘yicha tarmoqlararo muloqot uchun samarali platformaga aylandi.
Ochilish marosimi JIDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Ismoilovaning mintaqa uchun barqaror transchegaraviy yechimlarni ishlab chiqishning muhim ahamiyatini ta’kidlagan nutqi bilan boshlandi. Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi I.Yakubov va Yosh olimlar kengashi raisi M.Abdullaevalar o‘z chiqiqsh so‘zlarida vekologik kun tartibini shakllantirishda ilmiy jamoatchilikning roliga e’tibor qaratdi. Konferensiya ikkita sessiyani o‘z ichiga oldi. Birinchisi Markaziy Osiyo mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ning hozirgi holati va istiqbollari tahliliga bag‘ishlandi. Muhokamalar chog‘ida ishtirokchilar huquqiy va institutsional asoslar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik xavf-xatarlar hamda barqaror rivojlanishda transchegaraviy suv resurslarining alohida rolini ta’kidladilar.
Ikkinchi sessiyada asosiy e’tibor xalqaro hamkorlikka qaratildi. O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirokchilari muqobil energiyadan foydalanish istiqbollari, atrof-muhitni boshqarishning global vositalari va iqlim o‘zgarishiga moslashish yo‘llarini ko‘rib chiqdilar.
Anjumanning asosiy natijalaridan biri qizg‘in ekspert muhokamasi bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashishdi, tadqiqot tashabbuslarini taqdim etishdi va amaliy tavsiyalarni shakllantirishdi. Ular milliy hukumatlarga ham, nodavlat notijorat tashkilotlariga ham, jumladan, birgalikda siyosat ishlab chiqish, atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlari monitoringi va tarmoqlararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan bog‘liq.
JIDU tomonidan tashkil etilgan konferensiya “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” dasturi doirasida akademik hamjamiyat, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligining yorqin namunasi bo‘ldi. Unda jamoatchilik faoli V.Ushakov (Qirg‘iziston), “Minaret Renovables MChJ ” qo‘shma korxonasi direktori o‘rinbosari X.Hidoyatova(O‘zbekiston), “Sibir xalqaro tadqiqotlar jamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti vakili A.Kotik (Rossiya), O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi a’zosi J.Abdurasulov va O‘zbekistonning boshqa oliy ta’lim muassasalarining tadqiqotchilari va olimlari ishtirok etdilar. Tadbir mintaqaning barqaror kelajak yaratish uchun sa’y-harakatlarini birlashtirish va ilg‘or tajriba almashishga tayyorligini tasdiqladi.
Ishtirokchilar Markaziy Osiyoning yashil transformatsiyasi sohasida uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlaydigan milliy va mintaqaviy darajadagi muloqotni institutsionalizatsiya qilish va muntazam uchrashuvlar tashkil etishga umid bildirdi.
Sana: | 19.04.2025 |
Ko'rganlar soni: | 447 |
Ulashish: |