
Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisi
Bo'limlar
- Xalqaro akademik hamkorlik ofisi
- Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisi
- Yoshlar ishlari ofisi
- Rektor ofisi
- Xalqaro aloqalar va marketing bo‘limi
- Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi
- Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisi
- Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisi
- Bitiruvchilar bilan ishlash va kasbiy rivojlanish sektori
- Besh muhim tashabbus markazi
- Ommaviy axborot vositalari va nashriyot bo‘limi
- Mulk va xo‘jalik buyumlarini boshqarish ofisi
- Moliya ofisi
- Xaridlar sektori
- Inson resurslari ofisi
- Akademik sifatini ta’minlash va standartlashtirish ofisi
- Til ta’limi markazi
- Ingliz tili kafedrasi
- Sharq tillari kafedrasi
- O‘zbek va rus tillari kafedrasi
- Roman-german tillari kafedrasi
- Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi
- Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi
- Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi
- Xalqaro munosabatlar kafedrasi
- Siyosatshunoslik kafedrasi
Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisi 2022-yil 19-sentabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyz universitetining (JIDU) global ta’lim makonida raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro akkreditatsiya talablariga javob berish hamda nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashni ta’minlashdan iborat.
Ofis faoliyati universitetning strategik rivojlanishi, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishga qaratilgan. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-universitetning ta’lim jarayoni va infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan xorijiy tajribalarni o‘rganish va tahliliy takliflar ishlab chiqish;
-universitetda xalqaro akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
-ta’lim transformatsiyasi jarayonlarini rejalashtirish va amalga oshirish;
-strategik rivojlanish dasturi hamda tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning ijrosini monitoring qilish;
-universitetning xalqaro reytinglardagi (“THE”, “QS” va boshqalar) pozitsiyasini oshirish;
-ta’lim sifati kafolati tizimini takomillashtirish va xalqaro talablar asosida mexanizmlar joriy etish;
-professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning faoliyatini KPI tizimi asosida baholash.
Ofis, shuningdek, universitet brendini xalqaro miqyosda mustahkamlash hamda ta’lim va boshqaruvda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.
Ofis tarkibi
1. Bosh mutaxassis (Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglar)
Universitetning “THE”, “QS” va boshqa xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqish, natijalarni tahlil qilish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun mas’ul.
2. Bosh mutaxassis (Ta’lim sifatini kafolatlash va xalqaro akkreditatsiya)
Xalqaro akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etish, universitet ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va akademik sifatni ta’minlash mexanizmlarini joriy etish uchun javobgar.
Ofis bilan bog'lanish uchun:
📧 Elektron pochta: transformation@uwed.uz
📞 Telefon: +998 (71) 267-08-09 (ichki raqam: 221)
🏢 Manzil: JIDU, korpus “B”, 515-xona
