
Bitiruvchilar bilan ishlash va kasbiy rivojlanish sektori
Bo'limlar
- Xalqaro akademik hamkorlik ofisi
- Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisi
- Yoshlar ishlari ofisi
- Rektor ofisi
- Xalqaro aloqalar va marketing bo‘limi
- Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi
- Akademik va o‘qituvchilar ishlari ofisi
- Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisi
- Bitiruvchilar bilan ishlash va kasbiy rivojlanish sektori
- Besh muhim tashabbus markazi
- Ommaviy axborot vositalari va nashriyot bo‘limi
- Mulk va xo‘jalik buyumlarini boshqarish ofisi
- Moliya ofisi
- Xaridlar sektori
- Inson resurslari ofisi
- Akademik sifatini ta’minlash va standartlashtirish ofisi
- Til ta’limi markazi
- Ingliz tili kafedrasi
- Sharq tillari kafedrasi
- O‘zbek va rus tillari kafedrasi
- Roman-german tillari kafedrasi
- Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi
- Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi
- Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi
- Xalqaro munosabatlar kafedrasi
- Siyosatshunoslik kafedrasi
“Bitiruvchilar bilan ishlash va kasbiy rivojlanish sektori” haqida ma’lumot
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Bitiruvchilar bilan ishlash va kasbiy rivojlanish sektori” — universitetning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishi, bandligi, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha kompleks funksiyalarni amalga oshiradi.
Sektorning asosiy funksiyalari:
• Bitiruvchilar bandligini muntazam monitoring qilish;
• Ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• Talabalar va bitiruvchilarga karyera masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar berish;
• Malakaviy amaliyot uchun tashkilotlardan kvotalar yig‘ish;
• Amaliyotga oid rasmiy yozishmalarni yuritish;
• Hamkorlik memorandumlari, bitimlari va boshqa hujjatlarni tayyorlash;
• Talabalar uchun amaliyot va stajirovkalar jarayonini koordinatsiya qilish;
• “Career Week”, “Career Fair”, HR Days kabi yirik karyera tadbirlarini tashkil etish;
• Ish beruvchilar, kompaniyalar, vazirlik va idoralar bilan doimiy aloqalarni yuritish;
• Talabalar va bitiruvchilarning bandligini tahlil qilish va analitik hisobotlar tayyorlash.
Sektorning asosiy vazifalari:
• Talabalar amaliyoti va stajirovkalarini tashkil etish, monitoring qilish;
• Davlat organlari va xususiy sektor bilan hamkorlik memorandumi va qo‘shma rejalari bo‘yicha ishlar olib borish;
• Bitiruvchilarning har yili ishga joylashuvi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
• Karyera bo‘yicha seminar, trening, uchrashuv va mahorat darslarini o‘tkazish;
• Universitetning yirik tadbirlari — Career Week, Career Fair — ni tashkillashtirishda bosh koordinatsiya;
• Talabalarni davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalardagi amaliyotga yo‘naltirish;
• Ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda talabalar uchun stajirovka dasturlarini joriy etish;
• Hamkor tashkilotlar bilan imzolangan memorandumlar ijrosini nazorat qilish;
• Bitiruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash, alumni platformasini rivojlantirish.
Talabalar stajirovka o‘taydigan tashkilotlar:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari mamlakatning yetakchi davlat organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, shuningdek, yirik xususiy kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarda amaliyot va stajirovkalarni o‘tash imkoniyatiga ega.
Davlat sektori doirasida talabalar asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo yo‘nalishidagi idoralar, Markaziy bank, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi va turli vazirliklar tizimidagi agentliklar talabalarni muntazam ravishda qabul qiladi.
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida talabalar Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Parlament tadqiqotlari instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti kabi yetakchi “think tank” va tahliliy markazlarda o‘z malakasini oshirish imkoniyatiga ega.
