
Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari diqqatiga!
Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari diqqatiga!
102
«Tizimli tahlil va matematik modellashtirish» kafedrasi 1–3 bosqich talabalari uchun «Yosh tahlilchilar» klubini tashkil etdi. Klubning maqsadi — kafedra fanlari bo‘yicha chuqur bilim olish: «Hisoblash», «Iqtisodiyotda miqdoriy usullar», «Ehtimollik va statistika», shuningdek, Respublika va Xalqaro fan olimpiadalari hamda ilmiy loyihalar tanlovlariga tayyorgarlik ko‘rishdir.
Mashg‘ulotlar har payshanba kunlari soat 14:00 dan 15:00 gacha
В binoda 613-auditoriyada o‘tkaziladi.
Klub dasturida:
- olimpiada va amaliy masalalarni yechish va muhokama qilish;
- modellashtirish va ma’lumotlar tahliliga oid mini-loyihalar ustida ishlash;
- ilmiy konferensiyalar va tanlovlarga tayyorgarlik;
- zamonaviy tahlil vositalari bilan tanishish (R, Maple, Excel, GeoGebra va boshqalar).
Analitik fikrlashni va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan barcha talabalarni klub faoliyatida ishtirok etishga taklif etamiz!
Aloqa uchun:
«Tizimli tahlil va matematik modellashtirish» kafedrasi, B701-auditoriya
Telefon: +998 91 132 2244