
E'lon
E'lon
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!
JIDU va "Oliy iqtisodiyot maktabi" ilmiy-tadqiqot instituti (HSE, Rossiya) hamkorligi doirasida 2025/26-yilgi talabalar almashinuvi dasturiga kuzgi semestr uchun qabul jarayoni boshlanadi, u 2025-yil 1-sentyabrdan 30-dekabrgacha davom etadi.
Almashinuv dasturi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
•Biznes, menejment;
•Iqtisodiyot, moliya;
•Huquq;
•Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik;
•Biznes (yo‘nalishlar bo‘yicha).
Dasturda ishtirok etish uchun zarur hujjatlar:
•Pasport;
• Rasm (3x4 sm, pasport formati);
•Ingliz tilida motivatsion xat (300-500 so‘z);
•Transkript (.pdf).
Talablar:
•Bakalavriatning 2-bosqich talabasi bo‘lish;
•Ingliz tilini bilish darajasi (ingliz tilidagi ta'lim uchun) B2 (Upper-intermediate) (TOEFL iBT 75; IELTS 6.5);
•Rus tili darajasi (rus tilidagi ta'lim uchun) C1 (Advanced) dan past bo‘lmasligi;
•Fanlar bo‘yicha qarzdor bo‘lmaslik.
Dasturning imkoniyatlari:
•Xorijiy talabalar uchun viza yordami;
❗️ Dastur bilan bog‘liq barcha xarajatlar talabalar tomonidan qoplanadi. HSEda o‘qish uchun to‘lov talab qilinmaydi.
📆 Arizalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 30-aprelgacha.
Ariza topshirish uchun: ro‘yxatdan o‘tish shakli quyidagi havola orqali: Havola
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Xalqaro akademik hamkorlik ofisiga murojaat qiling.
international@uwed.uz
📍 B bino, 502-xona, dushanbadan jumagacha soat 10:00 dan 16:00 gacha.