
Abdullayeva Madina Abdilbori qizi

Abdullayeva Madina Abdilbori qizi
Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani
MUTAXASSISLIGI
• Jahon siyosati
TILLAR
O‘zbek, Ingliz, Rus.
Bog‘lanish:
E-mail: mabdullayeva@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, Web of Science, ORCID.
Tarjimai hollar
Madina Abdullayeva “Siyosatshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Siyosatshunoslik va Siyosiy tahlil va prognozlash fanlaridan dars beradi. Attashe diplomatik darajasiga ega. 2018-yildan JIDU Yosh olimlar kengashi raisi. Rus va ingliz tillarini o‘zlashtirgan.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Jahon siyosati” yo‘nalishi bakalavriatini, JIDUning “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” ixtisosligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2018-2020 yillarda JIDUda doktoranturasida tahsil olgan.
2022-yildan boshlab Germaniyaning Roza Lyuksemburg Fondi Markaziy Osiyo ofisi loyiha assistenti sifatida “Markaziy Osiyoda iqlim migratsiyasi muammolari: chaqiriqlar va yechimlar”, “To‘rtinchi sanoat inqilobi va Markaziy Osiyo uchun asosiy muammolar”, “Tolibon hokimiyati ta’sirida Afg‘oniston– qo‘shni mamlakatlar va buyuk davlatlarning munosabati“ loyihalarini amalga oshirgan.
Madina Abdullayevaning ilmiy tadqiqotlari Ko‘rfaz Arab Monarxiyalaridagi zamonaviy jarayonlar, Saudiya Arabistonining tashqi va ichki siyosati, shuningdek, Markaziy Osiyodagi hamkorlik va rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi.