
Abdupattahov Jahongir Mirtuychievich

Abdupattahov Jahongir Mirtuychievich
Kafedra: Sharq tillari
Mutaxassisligi
Arab tilini chuqur o‘rganish bilan islomshunoslik
Tillar
O‘zbek, rus, arab tillari
Bog‘lanish:
Elektron pochta: abdupattahov@uwed.uz
Linkedin, Google Scholar, Research Gate, ORCID, Web of Science
Tarjimai hollar
Abdupattahov Jahongir – arab tili katta o‘qituvchisi. U O‘rta Osiyo so‘nggi o‘rta asrlar shoiri va mutafakkiri Sufi Olloyor ibn Ollohquli ijodini o‘rganishga ixtisoslashgan bo‘lib, arab tilida bitilgan "Itoatkorlar xazinasi" (Mahzan al-mutе‘in) asari misolida uning qo‘lyozma matn tadqiqi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, ular turli xalqaro va milliy ilmiy jurnallarda nashr etilgan.
U quyidagi o‘quv qo‘llanmalar muallifi:
"Arab tili alifbosi" (2020), "Arab tili (boshlang‘ich daraja)" (2021), "O‘zbekiston madaniy obidalari" (2023), "Arab tili fonetikasi va yozuv tizimi" (2024). "Turkiy Alf Layla va Layla" kitobining muharriri (2019).
Saudiya arabistonlik publitsist va jurnalist Abdulaziz Qosimning "O‘zbekiston – allomalar yurti (Imom Buxoriy yurtiga sayohat)" kitobini arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Kitob “O‘zbekiston” matbaa-nashriyot uyida nashrga tayyorlanmoqda (2023).
Turk sharqshunosi va turkolog Mehmed Fuad Ko‘pruluning "Kulliyot 4. Turk adabiyotida ilk mutasavviflar" kitobi tarjimasi tahririyati a’zosi (2025). U arab imlosidagi eski o‘zbek va arab tilidagi matnlar hamda sharhlarning tarjimasini amalga oshirgan.
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz nomidagi Arab tili Akademiyasi qoshidagi malaka oshirish markazi kurslarida "O‘zga tilda so‘zlashuvchilarga arab tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish" (2023, 2025) kurslarini tamomlagan. Shuningdek, Til ta’limi markazi qoshidagi respublika malaka oshirish kurslarida malaka oshirgan (2015, 2018, 2021, 2024).