
E'lon
E'lon
HURMATLI HAMKASABALAR!
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sizni “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) davrida Konstitutsiya: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.
Konferensiya 2025-yil 5-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiyaning maqsadi — Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) sharoitida konstitutsiyaviy rivojlanishning dolzarb jihatlarini muhokama qilish, mavjud muammolarni tahlil etish hamda istiqboldagi yo‘nalishlarni belgilashdir.
Tadbir doirasida ilmiy munozaralar hamda xalqaro ekspertlar ishtirokidagi fikr almashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiyada yurist-olimlar, tadqiqotchilar, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar vakillari, xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, magistrant va mustaqil izlanuvchilar hamda ushbu mavzuga qiziquvchi barcha mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Sizning ushbu konferensiyadagi ishtirokingiz ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga va konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha xalqaro muloqotni kuchaytirishga muhim hissa qo‘shishiga ishonamiz.
Hurmat bilan,
JIDUning “Xalqaro huquq” fakulteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlar” kafedrasi.