
E'lon
E'lon
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari!
JIDUning Sharq tillari kafedrasi qoshida Xitoy tili klubi o'z faoliyatini boshladi.
Klubning asosiy maqsad va vazifalari:
- talabalar orasida xitoy tiliga qiziquvchi talabalarning ko'nikmalarini rivojlantirish;
- xitoy xalqi madaniyati bilan yaqindan tanishish;
- xitoy tilini o'rganuvchi talabalarni notiqlik mahoratini o'stirish;
- xitoy tili daraja imtixonidan duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish.
Xitoy tili klubi o'quv jarayoni davomida ham offline (universitet hududida) va online (telegram kanal/guruh) tarzda faoliyat olib boradi.
Shu munosabat bilan barchangizni ushbu klubda faol qatnashishga chaqiramiz.
Murojaat uchun: D korpus “Sharq tillari” kafedrasi, 212-xona