Davletov Ruslanbek Qurultoyevich

Davletov Ruslanbek Qurultoyevich

    Orqaga
    Davletov Ruslanbek Qurultoyevich

    Davletov Ruslanbek Qurultoyevich

    Prezident maslahatchisi · Prezident Administratsiyasi

    2001-2003Xalqaro huquq

    Biografiya

    1980-yil 1-iyunda Xorazm viloyati, Shovot tumanida tug‘ilgan.

    2001-yilda Buyuk Britaniyaning Warwick universitetini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi bilan bitirgan.

    2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistr darajasini olgan.

    2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan

    2010-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

    2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat boshlagan.

    2004–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi hamda Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasida yetakchi va bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.

    2012–2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari va direktor vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    2016–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

    2017-yil 4-yanvardan esa Prezidentning Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

    2017-yil 14-avgustda Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlangan.

    2019-yil sentabr oyidan boshlab “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi a’zosi hisoblanadi.

     

    2025-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.