Xorijiy professorlar

Xorijiy professorlar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xorijiy professor-oqituvchilarining bugungi kundagi asosiy vazifalari - talabalarga kelajakda  jamiyatda oz orinlarini topishiga, bir nechta xorij tillarini mukammal biladigan, mustaqil, ijodkor va yetuk mutaxassislar bo'lib yetishishlariga yordam berish. Bugungi kunda universitet ishchi jamoasi respublikamizda ilm-fanni rivojlanishiga katta hissa qoshish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun malakali xorijiy professorlarni ishga jalb qilishni maqsad qilgan.

    Xorijiy professorlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida dars berishlari uchun oz sohalarida eng kamida magistrlik darajasiga ega bolishlari talab etiladi.

    O‘quv jarayoniga Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya va Polshaning yetakchi ta’lim muassasalaridan doimiy asosda xorijiy professor-o‘qituvchilar taklif etiladi. Tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar orasida Germaniya, AQSh, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarning yirik universitetlari vakillari ma’ruzalar o‘qiydilar. Til markazining ozida talabalar organayotgan tillari doirasida bilimlarini mustahkamlashlari uchun bir qancha "native speaker"larning ma'ruza va kurslarini tinglashadi.

    Shu bois, universitet rahbaryati talabalarning malakali xorij professorlaridan dars olishlari uchun oqituvchilarga universitet hududida joylashgan kampus, auditoriya jihozlari, ilmiy resurslardan foydalanishlari va shinam yotoqxonalarda yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.

    JIDU talabalari kamida 4 ta tilni oʻzlashtirish va bir nechta tillarda bemalol soʻzlashuvchi boʻlishlari  uchun katta imkoniyatlarga egadirlar, jumladan: ingliz, oʻzbek, rus va boshqa tillarda. Shu bois, til markazida xorijiy professorlarga talab yuqori.

    Biz O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchisi, rais, bosh direktor, yirik kompaniya hamkorlari va o‘z sohalarining haqiqiy mutaxassisi bo'lgan turli rahbarlik lavozimlarida ishlab kelayotgan bitiruvchilarimizning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz:

    JIDU 20 dan ortiq mamlakatlardan kelgan xalqaro talabalarni qabul qilish orqali o'zining xalqaro universitet ekanligi ko'rsatadi. Universitet talabalar bilan bir qatorda u yerda dars beradigan o'qituvchilarning hayotiga ko'proq rang kiritish maqsadida faoliyat yurituvchi va a'zolari mustaqil saylangan Talabalar Kengashi faoliyatini yuqori baholaydi. TK turli xil klub tadbirlarini taklif qiladi (batafsil), masalan:

    • Futbol 
    • Raqamli savodxonlik
    • Suzish
    • San'at
    • Shaxmat
    • Teatr
    • Regbi
    • "Book club"

    Universitet Toshkent shahrining markazida joylashgan bo'lib, barcha binolar bitta kampusda, jumladan, talabalar va chet ellik oʻqituvchilar uchun zamonaviy yotoqxona ham o'rin olgan.