Xitoy tilida notiqlik san’ati tanlovi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xitoy tilida notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi, unda universitetning Xitoy tilini o‘rganayotgan 2-3-bosqich talabalari ishtirok etdi.

    Tanlov uch qismdan iborat edi: Xitoy tilida “Dunyo – bir oila” mavzusida nutq so‘zlash, Xitoy Xalq Respublikasi tarixi, geografiyasi va madaniyatini bilish uchun testlar va ijodiy qism. Tanlovning ijodiy qismida ishtirokchilar qo‘shiqlar, raqslar ijro etishdi, Xitoy tilida she’rlar o‘qishdi.

    Hakamlar hay’ati tarkibiga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xitoy tili o‘qituvchilari, xitoy tilida so‘zlashuvchi ko‘ngillilar va JIDU Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchilari kirdi.

    Tanlovda 3-bosqich talabalari Nosirov Bunyod va Po‘latov Jaxongir, 2-bosqich talabasi Shodaliyeva Moida g‘olib deb topildi.

    Nosirov Bunyod va Po‘latov Jahongir joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan xitoy tilidagi Respublika notiqlik san’ati tanlovida JIDU nomidan qatnashadilar.