
JIDUga Penn State Universiteti professori Stephen G. Barnes tashrif buyurdi
JIDUga Penn State Universiteti professori Stephen G. Barnes tashrif buyurdi

2025-yil 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQShning Penn State universiteti Dickinson huquq maktabi Xalqaro va magistratura dasturlari bo‘yicha mas’uli Stephen G. Barnes ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “AQSh prezidentining vakolatlari” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruza davomida professor Barnes O‘zbekistonning buyuk ilm-fan olimlari – Ibn Sino, Al-Xorazmiy va Al-Farobiy kabi buyuk shaxslarni e’tirof etdi hamda ularning ilmiy merosi butun dunyo miqyosida tan olinganini ta’kidladi.
So‘ngra, professor AQSh Konstitutsiyasi va prezident vakolatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. U qonun manbalari ierarxiyasini tushuntirib, prezident farmonlari masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning oxirida professor Barnes Penn State universiteti haqida ma’lumot berib, talabalarga universitetga kirish uchun talablar va ariza topshirish jarayoni haqida qisqacha tushuntirish berdi.