Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turk tili kuni bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 26-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turk tili bayrami nishonlandi. Tadbirda nafaqat JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari, balki Toshkent shahridagi ushbu tilni o‘rganayotgan va o‘rgatuvchi boshqa oliy o‘quv yurtlari vakillari ham ishtirok etdi.

    Tadbir O‘zbekiston va Turkiya hamkorligiga bag‘ishlangan videorolik namoyishi bilan ochildi.

    So‘ngra bayram mehmonlari uchun JIDU talabalarining rang-barang chiqishlaridan iborat boy dastur tayyorlandi. Turkiy qo‘shiqlar yangradi, xalq o‘yinlari, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi.

    JIDUda Turk tili kuni unutilmas bayramga aylanib, o‘zbek yoshlarining ushbu mamlakat tili, tarixi va madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan katta qiziqishini yana bir bor namoyon etdi.