Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yosh tadqiqotchilar xalqaro sammiti” o‘tkazildi

    Joriy yilning 30-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida
    ilk marotaba “Yosh tadqiqotchilar xalqaro sammiti” bo‘lib o‘tdi. U yerda JIDU professor-o‘qituvchilari va  talabalari ishtirok etdi.

    Tadbirni JIDU Xalqaro huquq fakulteti dekani Umid Yakubxodjayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

    Mazkur konferensiyada 1-2-bosqich talabalari xalqaro huquq, iqtisod va xalqaro munosabat mavzularini o‘z ichiga olgan ma’ruzalari bilan ishtirok etib, fikr almashdi.

    Ishtirokchilar turli ilmiy mavzularni, jumladan, JST huquqidagi muammolar, qonunlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari, Markaziy Osiyodagi migratsiya va O‘zbekistonda “yumshoq kuch” konsepsiyasini faol muhokama qildilar.

         Tadbir so‘nggida ishtirokchilar JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.