Xitoy Xalq Respublikasi Elchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qildi

    Joriy yilning 1-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi Yu Jun “Yangi davrda Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarining rivojlanishi” mavzusida ma’ruza qildi.

    Elchi JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalariga Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar tarixi va bugungi holati haqida batafsil gapirib, turli sohalarda erishilgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik muhimligini taʼkidlab, savdo-iqtisodiy hamkorlik, “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasidagi qoʻshma loyihalar, shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi faol hamkorlik oʻsib borayotganini qayd etdi.

    Diplomat innovatsion hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga, iqtisodiyotni raqamlashtirishga, shuningdek, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratdi.

    Maʼruzasi yakunida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari Oʻzbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimotini oʻtkazdi.

    Tadbir yakunida Xitoy elchixonasi tomonidan JIDU kutubxonasiga xitoy tili o‘quv dasturlari to‘plami sovg‘a qilindi.