Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Qozog‘iston delegatsiyasi tashrif buyurdi

    30-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Prezident vazifasini bajaruvchi Ilesanmi Adesida boshchiligidagi Nazarboyev universitet delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

    Mehmonlarni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kutib oldi.

    Suhbat chog‘ida qo‘shma ta’lim dasturlari, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va strategik hamkorlik kabi tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar muhokama qilindi.

    I.Adesida JIDU bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.

    O‘z navbatida S.Safoyev qo‘shma sheriklik mamlakatlar o‘rtasida bilim, tajriba almashish va aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.