Professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun Xorijiy jurnallarda ilmiy maqola nashr etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

    “Yangi O‘zbekiston” universitetining Strategik rivojlantirish, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar departamenti rahbari Abdullayev Bexzod tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2023-yil 7-noyabr kuni professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun Xorijiy jurnallarda ilmiy maqola nashr etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

    Bexzod Abdullayev ilmiy maqolalar nashr etish mavzusiga atalgan master-klass davomida Scopus, Web of Science, ResearchGate, Science Direct, Orcid, ProQuest kabi maqola, kitoblar va dissertatsiyalarning ilmiy-texnik bazalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Master-klass davomida professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bundan tashqari, ilmiy maqola yozish va ushbu maqolani yuqori reytingga ega jurnallarda qanday qilib chop etish haqida interaktiv suhbat qurishdi.

    Bexzod Abdullayev Scopus jurnallaridagi CiteScore (iqtibos reytingi), SJR (Scientific Journal Rating), Quartil terminlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Taqdimot davomida Bexzod Abdullayev maqola chop etishdan oldin turli ma’lumotlar bazalari o‘rtasidagi farqlarni o‘rganib chiqib, “yirtqich” jurnallarga maqola bermaslikni maslahat berib, bu nafaqat maqola muallifining, shu bilan birga, universitet obro‘siga ham putur yetkazishi ta'kidlab o‘tildi.