Amerikalik mashhur olim Frederik Star JIDUda ma’ruza qildi

Amerikalik mashhur olim Frederik Star JIDUda ma’ruza qildi

    Amerikalik mashhur olim Frederik Star JIDUda ma’ruza qildi

    Amerikalik mashhur olim Frederik Star JIDUda ma’ruza qildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi va AQSh tashqi siyosat kengashi raisi, professor Frederik Starrning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

    Uni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev yig‘ilganlarga tanishtirar ekan, taniqli amerikalik olimning O‘zbekistonga katta qiziqishi va u bilan uzoq yillik hamkorlikni ta’kidladi.

    Professor F.Star JIDUdagi ma’ruzasini global barqaror rivojlanish muammolari va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda O‘zbekistonning alohida roliga bag‘ishladi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadi.

    Shuningdek, u Oʻzbekiston rahbarining saʼy-harakatlari bilan mintaqada oʻzaro manfaatli hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilikni rivojlantirish borasida zarur konsensus shakllanganini, bundan barcha tomonlar manfaatdor ekanini taʼkidladi.

    “Bu mintaqaning jadal rivojlanishi va xalqaro maydonda salmoqli oʻrin egallashi uchun katta istiqbollarni ochadi”, dedi ekspert.

    F.Star O‘zbekistonning xalqaro maydondagi keyingi siyosiy va iqtisodiy faolligi muhimligiga e’tibor qaratdi.

         Fridrix Starr o‘z nutqi so‘ngida yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.