Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

    Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat insonlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.   Oʻzbek teatr asoschilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy taʼbiri bilan aytganda, “Teatr ibratxonadir”.

    Davlatimiz rahbari saʼy-harakatlari bilan mamlakatimizda ham madaniyat va sanʼatni, xususan teatrni rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Jumladan, ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” dasturining 1-yo‘nalishi ham aynan yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Shu maqsadda, universitetimizda tashkil etilgan “Besh muhim tashabbus markazi” doirasida tashkil etilgan “Diplomat” talabalar teatr studiyasi ham ijodkor talabalarni kashf etib bormoqda.

    Joriy yilning 3-noyabr kunida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining fakultetlararo universitet bosqichi tashkil etildi. Unda Xalqaro munosabatlar, Xalqaro iqtisodiyot va menejment, Xalqaro huquq fakultetlaridan tuzilgan jamoalar o‘z sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdi.

    Iste’dodli talabalar tomonidan buyuk ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyati aks ettirilgan “So‘nmas yulduzlar” spektakli, o‘zbek milliy urf-odatlari, qadriyatlarini o‘zida jamlagan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektakli hamda bugungi kundagi dolzarb muammolarni  o‘z ichiga olgan  “Baxt ortidan” nomli sahna asarlari namoyish etildi.

    Tanlov so‘nggida jamoalar nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. Unga ko‘ra:

    1. Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti – “Eng yaxshi tarixiy spektakl uchun”,

    2. Xalqaro munosabat fakulteti – “Eng yaxshi milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun”,

    3. Xalqaro huquq fakulteti – “Eng yaxshi dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyalari bilan taqdirlandilar.

    4. “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bilan Xalqaro huquq fakulteti “Adolat elchilari” jamoasining “Baxt ortidan” nomli sahna ko‘rinishi qo‘lga kiritdi.

    Shuningdek, “Eng yaxshi erkak roli uchun” – Xalqaro iqtisodiyot va menejment  fakulteti 1-bosqich talabasi Sharipov  Muhammadumar, “Eng yaxshi ayol roli uchun” – Xalqaro huquq fakulteti 3-bosqich talabasi Ismoilova Munira taqdirlandi.

    Ushbu madaniy-ijodiy tadbir universitet talaba-yoshlarini nafaqat ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini  oshirishga, balki  ma’naviyatini boyitishiga, yuksak axloqiy  fazilatlarni shakllantirishiga xizmat qildi.