JIDU Yuridik klinikasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi

    Joriy yilning 28-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda inson huquqlari bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish, inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, olib borish va nashr etish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Davra suhbati doirasida Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Tillabayev Mirzatillo Alisherovich so‘zga chiqib, markazning inson huquqlari sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi faoliyati haqida gapirdi. Muhokama davomida talabalar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotiga oid masalalar ko‘tarildi, shu bilan birga, ayollar va voyaga yetmagan bolalar huquqlarini ta’minlash sohasida xalqaro majburiyatlarning bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan sabab va shartlar aniqlandi.

    Muhokama so‘ngida Yuridik klinika kutubxonasiga “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” kitoblari burchagi tashkil etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda inson huquqlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Universitet talabalari tomonidan ushbu kitoblar, sohadagi tadqiqot faoliyatlari uchun foydalaniladi.