Test Title

Test Title

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish loyihasi doirasida trening bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish loyihasi doirasida trening bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida joriy yilning 23-24-aprel kunlari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan sanitariya va fitosanitariya choralari (SFS) va savdo-sotiqdagi texnik to‘siqlar (TBT) masalalari bo‘yicha kurslar tashkil etildi. Tadbir JIDUning Xalqaro huquq fakulteti tomonidan Jenevada joylashgan Xalqaro savdo markazi (XSM) hamda JST va BMT qo‘shma agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Kursning yetakchi eksperti sifatida XSMning ushbu sohalar bo‘yicha katta maslahatchisi Artur Appleton ishtirok etdi. Kurs dasturi SFS va TBT kelishuvining tamoyillari, ko'lami va majburiyatlari hamda ularning xalqaro savdoga ta’siri, shu jumladan bozorga kirish va savdo imkoniyatlari ta'siriga qaratildi. Ushbu dastur auditoriyasi o‘z ichiga respublika vazirliklari va idoralari vakillari, savdo muzokarachilari, SFS va TBT masalalari bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar mutaxassislari, shuningdek, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga jalb qilingan manfaatdorlarni qamrab oldi. Ma’lumot uchun: Artur Appleton – Boloniyadagi Jon Xopkins universiteti ilg‘or xalqaro tadqiqotlar maktabining (SAIS-Europe) xalqaro huquq kafedrasi dotsenti va Appleton Luff - International Lawyers asoschilaridan biri. U xalqaro savdo huquqi sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega hisoblanib, alohida davlatlar, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan ishlaydi.

    146
    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yetakchilik va korporativ madaniyatni rivojlantirish” o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yetakchilik va korporativ madaniyatni rivojlantirish” o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 23-25-aprel kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU Executive Education fakulteti tomonidan Senteo (AQSh) konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda “Yetakchilik va korporativ madaniyatni rivojlantirish” ta’lim dasturi bo’lib o’tdi. Unda davlat ulushiga ega bo‘lgan islohot va faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan korxonalarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi. Dastur tinglovchilarda korporativ madaniyatning harakatlantiruvchi kuchlari va mexanizmlari, muvaffaqiyat va o‘sishga erishish uchun tashkiliy madaniyatni loyihalash va rivojlantirish usullari to‘g‘risida tizimli tushunchalarni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur korporativ madaniyat elementlari, yetakchilik uslublari va korporativ madaniyatni boshqarish evolyutsiyasini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tanishtirdi. Darslarni Senteo bosh direktori Maykl Rakman olib boradi. U xalqaro kompaniyalarda, shuningdek menejment-konsalting sohasida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega. Rakman muntazam ravishda dunyoning etakchi universitetlarida shunga o‘xshash dasturlarni olib boradi. Dastur doirasida O‘zbekistonning xususiyatlarini inobatga olgan holda real xalqaro amaliyotdan misollar (keyslar) bilan interfaol seminarlar va muhokamalar o‘tkazildi. Ushbu ta’lim dasturi O‘zbekiston hukumati tomonidan davlat ishtirokida korxonalarni isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, korporativ madaniyatni o'zgartirish jarayonlari va yetakchilik asoslarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tayyorgarlik, loyihalash, amalga oshirish va boshqarishda innovatsion yondashuvlar talab etiladi. Ma’lumot uchun. Executive Education fakultetining asosiy vazifalari yetakchi xorijiy universitetlar va kompaniyalar bilan hamkorlikda eng yangi texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribani jalb etish orqali davlat muassasalari, iqtisodiy tuzilmalar va tadbirkorlarning boshqaruv bo'g'inini zamonaviy boshqaruv usullariga o'rgatishdan iborat. Senteo konsalting kompaniyasi strategiya va menejment, korporativ madaniyatni rivojlantirish va transformatsiyaga ixtisoslashgan. Senteo mijozlari ro‘yxatiga IBM, Renault, IKEA, Telefonica, Wembley, Vodafone, Barclays, UBS, Alfa-bank, BNP-Paribas, Citibank, Megafon, Gruziya Adliya vazirligi va boshqalar kiradi.

    206