Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2022-2023-o‘quv yilida “Xalqaro huquq”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat”, “Xalqaro iqtisod va menejment”, “Xalqaro tijorat huquqi”, “Amaliy siyosatshunoslik” va “Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati” mutaxassisliklari bo‘yicha bitirgan magistrlarga diplom taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda JIDU rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

    Tadbir davomida JIDU magistratura faoliyati va magistrlar hayotiga oid esdalik lavhalari namoyish etildi.

    Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusufjonov tabrik so‘zi bilan ochib, o‘quv yilidagi eng muhim natijalar va magistrantlarning erishgan yutuqlarini qayd etdi. Magistrlarga kelajakdagi shaxsiy va professional hayotida muvaffaqiyatlar tiladi.

    Magistrlar va ularning ota-onalari JIDU jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, ushbu universitetda tahsil olish bitiruvchilar hayotida qimmatli va muhim bosqich bo‘lib qolishini, ularning shaxsini shakllantirishda ulkan o‘rin tutishini ta’kidladilar.

    Shundan so‘ng magistrlarga diplomlar topshirildi.