Xalqaro munosabatlar

Xalqaro munosabatlar

    • Ta'lim turi:Bakalavr
    • Ta'lim shakli:Kunduzgi
    • Davomiyligi:To'rt yil
    • Boshlangan sana:2023, 2-sentyabr
    • Ariza berishning oxirgi sanasi:2023, 5-iyul

    Yo'nalish haqida ma'lumot

    Xalqaro munosabatlar (60310800) bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'lib, Xalqaro munosabatlar fakulteti orqali tashkil etilgan. Xalqaro munosabatlar bakalavri talabalarni davlat, xususiy va notijorat sektorlarida xalqaro martaba uchun tayyorlaydi. Dastur universitetning keng tajribasiga tayanadi va jahon darajasidagi ta'limni kafolatlaydi, shuningdek, mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqa olib boruvchi boshqa muassasalari, chet mamlakatlardagi elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib beradi.

    Xalqaro munosabatlar  - gumanitar fanlar ta'lim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, bakalavrlar ichki va tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonlarni o‘zlashtirish va tadqiq qilish, istiqbolni belgilash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, ilg‘or xalqaro metodlarini qo‘llash, tashqi siyosiy jarayonlar bo‘yicha tizimli tahlil modellarini qo‘llash, kompyuter texnologiyalari va dasturlash, tizimli yondashuv mexanizmlarini tatbiq etish kabi kasbiy faoliyat turlarini qamrab oladi.

    Kurs davomida har bir bakalavr talabasi 4 yil davomida 4 ta tilni mukammal o’zlashtirish imkoniyatiga ega:

    1. O’zbek tili

    2. Rus tili

    3. Ingliz tili

    4. Xalqaro ommabop til (til markazida 16 ta til o’rgatiladi)

    Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:

    • Tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq davlat boshqaruv organlari tizimi;

    • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;

    • Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;

    • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo‘limlari;

    • Xalqaro tashkilotlar;

    • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

    Fakultetda O’zbekistonning tajribali professor-o’qituvchilaridan tashqari Yevropa, AQSh, Rossiya va Osiyo davlatlarining yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarining mutaxassislari ham dars beradilar. Bundan tashqari, taniqli siyosatchilar, iqtisodchilar, xorijiy elchilar va jamoat arboblari muntazam ravishda ma’ruzalar o’qiydilar. 

    Fakultet O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini jahonning siyosiy maydonida himoya qila oladigan yetuk diplomatlar, siyosatshunoslar hamda xalqaro munosabatlar sohasining turli jabhalarida ishlay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Bugungi kunda bitiruvchilarimiz elchilar va diplomatlar bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarini egallab, dunyodagi yetakchi xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalarda muvaffaqiyatli ish faoliyatini olib bormoqdalar.

    Bitiruvchilarning fikrlari

    Ruslanbek Davletov

    Ruslanbek Davletov

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

    Ayni vaqtda O‘zbekistonda bir necha huquqiy islohotlar ketmoqda. Mamlakatimizda davlat boshqaruvining yangi modeliga o‘tishda siz kabi ilmga chanqoq va izlanuvchan talabalarning moslashuvchanligi va zamonaviy bilim-ko'nikmalari juda muhim deb bilaman.

    Javlon Vakhabov

    Javlon Vakhabov

    O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

    Sizga hayotdagi eng yaxshi narsalarni tilayman. Maqsadingizga erishish uchun ko'plab imtihonlardan o'tishingiz kerak; muvaffaqiyatlar va yo'qotishlar keladi va ketadi, lekin sizning fidoyiligingiz va mehnatsevarligingiz sizni oldinga bir qadam sari etaklash uchun doimo siz bilan birga bo'ladi.