14.04.2021        3883

Samarqand – O‘zbekistonning gavhari, durdonasi. Jahon sivilizatsiyasining qadimiy o‘choqlaridan biri, sharq  javohiri nomini olgan Samarqand mustaqil O‘zbekistonning yirik iqtisodiy va ilmiy-madaniy markazlaridan biri sifatida butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash hamda yoshlarni millatimiz tarixi, yurtimizning ko‘hna obidalari bilan tanishtirish maqsadida, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida joriy yilning 11-aprel kuni Xalqaro Iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalarining Samarqand shahriga ziyorat, qadimiy obidalar va diqqatga sazovor joylarga sayohati  uyushtirildi. Talabalar  Bibixonim Jome masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek madrasasi va rasadxonasi kabi ko‘plab mashhur me’moriy obidalarga borib ularning tarixi va arxitekturasi bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday tashriflardan maqsad  yurtimizning qadimiy joylari, tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishish bilan bir qatorda boy tariximizni yanada chuqurroq o‘rganib, qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdir.