21.05.2022 1277

2022-yilning may oyida Rossiya Federatsiyasi, uzoq va yaqin xorijdagi Oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Yil talabasi — 2022” oʻquv-tadqiqot tanlovi boʻlib oʻtdi.  

Mazkur tanlovda JIDU “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabasi Maxsetov Dastan toʻrtinchi sanoat inqilobining foydalari va transaksion xarajatlari boʻyicha tadqiqot ishlari bilan “Siyosiy fanlar” sohasi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Tanlov natijalari boʻyicha toʻplam tuzildi. Toʻplam zamonaviy tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb masalalar doirasini ko'rib chiqadi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad zamonaviy ilm-fanning amaliy masalalarini muhokama qilish, ilmiy ma’lumotlarni olish usullari va vositalarini rivojlantirish, mutaxassislar tomonidan qamrab olingan sohalarda olib borilgan tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, yoshlar fani boʻyicha tajriba almashish edi.

JIDU rahbariyati gʻolib talabani samimiy tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat va omad tilaydi!