21.05.2022 569

2022-yilning 19-may kuni AQShning Boston Northeastern universitetining Xalqaro munosabatlar talabalari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurishdi. Talabalarga professorlar Boris Yelin va Mladen Mrdal hamrohlik qildi. Mehmonlarni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Murat Bahadirov va “Siyosatshunoslik” kafedrasi mudiri Faridun Sattarovlar kutib oldilar.

Tashrif davomida talabalar va ularning professorlari Faridun Sattarovning Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga oid ma’ruzasini qiziqish bilan tingladilar. Shuningdek, AQSHdan kelgan mehmonlar uchun universitet boʻylab qisqa ekskursiya uyushtirildi. AQShdan kelgan talabalar universitetimiz haqidagi eng yaxshi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar va mehmondo‘stligimiz uchun minnatdorchilik bildirdilar.