18.05.2022 431

Joriy yilning 13-may kuni JIDU "Roman-German tillari kafedrasi" fransuz tili o'qituvchisi X.Xodjayeva boshchiligidagi bir guruh fransuz tilini o'rganuvchi talabalar Fransiyaning O'zbekistondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan VII "Talabalar va o'quvchilar frankofon teatr va ashula festivali"da ishtirok etishdi va "Eng yaxshi qo'shiq" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Festival Fransiyaning O'zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi va Yosh tomoshabinlar teatri hamkorligida tashkil etilib, undan ko'zlangan maqsad ikki mamlakat o'rtasidagi ta'lim va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdir. Festival munosabati bilan mashhur fransuz rejissyori Kristof Fyotrie Toshkentga tashrif buyurib, tanlab olingan o'quvchi-talabalar truppasi o'qituvchilariga master-klass o'tkazdi.

Joriy yilda Festivalning final bosqichida 11 ta'lim muassasi truppalari yo'l olib, tomoshabinlarga bir-biridan qiziq teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishdi.