19.04.2021 298

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikaning 3-4 bosqich talabalari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida boʻlishdi. Klinika rahbari Ziyodulla Ubaydullayev hamda murabbiylar I.Cherkashkina, G.Mayorovalar boshchiligida talabalar italyan ijodkori Joakkino Rossinining “Sevilyalik sartarosh” (Sevilskiy siryulnik) nomli opera tomoshasiga bordilar. Yorqin lahzalar, sarguzashtlar, diqqatni tortuvchi sahnalardan iborat musiqiy asar yigʻilganlarni oʻziga maftun etdi.