19.04.2021 597

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oʻtgan hafta mobaynida baʼzi kam sonli talabalar orasidan koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Kasallikning talaba va oʻqituvchilar orasida tarqalishini oldini olish maqsadida universitetda oʻquv jarayoni 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar universitetning Moodle masofaviy taʼlim tizimi orqali davom etadi.

Karantin talablariga rioya qiling, salomatligingizni asrang!