“Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar nazariyasi va tadqiqot usullari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi
“Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar nazariyasi va tadqiqot usullari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi
Joriy yilning 12-yanvar kuni Shotlandiyadagi Sent-Endryus universiteti Xalqaro munosabatlar maktabi dotsenti Filippo Kosta Buranelli tomonidan “Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar nazariyasi va tadqiqot usullari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ekspert Markaziy Osiyoda mintaqaviy rivojlanish istiqbollari, shuningdek, O'zbekistonning mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish tashabbusi haqida batafsil ma'lumot berdi.
Ilmiy seminarda JIDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.v.b. N.A.Nugmanov, IXTI direktorining o‘rinbosari A.Umarov, JIDU professor o‘qituvchilari va doktorantlari ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida JIDU va IXTI tadqiqotchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishga muvaffaq bo'lishdi, shuningdek, qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish rejalarini muhokama qilishdi.