University of World Economy and Diplomacy  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 

University of World Economy and Diplomacy
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Universitet

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1992- yil 23- sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Respublikamizning xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlari sohalarida faoliyat ko'rsatuvchi yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil qilindi.

Shu kunga qadar universitetimizda 3000 dan ortiq malakali mutaxassislar yetishib chiqdi.

Xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va o'quv-tarbiya, uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini mustahkamlash sohasida Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya Qirolligi, Janubiy Korea, Xitoy va Rossiyaning yetakchi ta'lim va tadqiqot institutlari bilan hamkorlik natijasida boy tajriba to'plandi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti zamonaviy axborot texnologiyalari va ta'limning boshqa texnik vositalari, ta'lim olish uchun qo'shimcha ma'muriy binolar hamda kerakli jihozlar bilan ta'minlandi.

Talabalarni bo'sh vaqtlarini yanada mazmunli o'tkazishlari uchun universitet qoshida zamonaviy tennis maydoni, suzish majmui, internet klub, multimedia kompyuter markazlari, teatr studiyasi, kinozal, ma'naviyat va ma'rifat markazi ochildi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 20 nafar fan doktori va professorlar, 80 nafardan ortiq fan nomzodlari, 100 nafardan ortiq katta o'qituvchilar va ilmiy xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Ular o'z bilim va tajribalarini xalqaro munosabatlar sohasida zamon talablariga, shuningdek XXI asr - globalizatsiya va integratsiyalashuv asrining yangi iqtisodiy va siyosiy talablariga tayyor bo'lgan kadrlarni yetishtirib chiqishga bag'ishlayaptilar.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi maxsus universitet hisoblanadi universitet rektori o'z navbatida Tashqi ishlar vazirining muovinidir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati maslahatchilar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, atoqli olimlar va ilmiy xodimlar hamda talabalarning o'z-o'zini boshqarish tizimlari vositasida amalga oshiriladi va ushbu jarayonga universitet rektori yoki rektorning o'rinbosari boshchilik qiladi.

Universitet o'zining doimiy nashri, - "Xalqaro munosabatlar" jurnaliga ega. Jurnal uch tilda, - o'zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi va jahonning saksondan ortiq elchixona, universitetlari, maxsus o'quv yurtlari, ilmiy kutubxonalariga yuboriladi...

Universitet manzili:

Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi - 54
Tel: 8-(99871)-267-67-69
E-mail:

© 2002-2006, University of World Economy and Diplomacy
100077, Mustaqillik shox ko`ch., 54, Toshkent, O'zbekistan
Tel: (+998712) 267-67-69
Faks: (+998972) 267-09-00
E-mail: rectorat@uwed.uz
Manzil