2017/2018 o‘quv yilining 2 sentabridan davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash haqidagi arizalarini qabul qilish joriy yilning 15 iyulidan 5 avgustigacha quyidagi hududiy ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirishi haqida ma’lum qilamiz:

Hududlar nomi

Mas’ul OTMning nomi

Ishchi guruh rahbari 

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpoq davlat universiteti

Reyimov A.K.

2.

Andijon viloyati

Andijon davlat universiteti

Yuldashev A.

3.

Buxoro viloyati

Buxoro muhandislik- texnologiya instituti

Muhamedxanov U.

4.

Jizzax viloyati

Jizzax politexnika instituti

Usmonqulov A.Q.

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi davlat universiteti

Shoimqulov B.A.

6.

Navoiy viloyati

Navoiy davlat konchilik instituti

Sanaqulov Q.

7.

Namangan viloyati

Namangan davlat universiteti

Umarov A.V.

8.

Samarqand viloyati

Samarqand davlat universiteti

Xolmuxamedov R.I.

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston davlat universiteti

Zokirov B.S.

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz davlat universiteti

Xaydarov M.E.

11.

Farg`ona viloyati

Farg`ona politexnika instituti

Otaqulov O.X.

12.

Xorazm viloyati

Urganch davlat universiteti

Abdullaev B.I.

13.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Sharipov Sh.S.

 
Izoh: Toshkent shahar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi talabalarning arizalari Toshkent davlat pedagogika universitetining chilonzor tumani, bunyodkor ko‘chasi, 27 uyda joylashgan binosi (korpusi)da qabul qilinadi. Mo‘ljal: “Chilonzor” metro bekati.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizomga ilova

Oliy ta’lim muassasalari talabalarni o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashni amalga oshirish tartibi 

Kuzgi semestr bo‘yicha

1-bosqich

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bitta oliy ta’lim muassasasida hamda vazirliklarda faoliyat yuritadigan Ishchi guruh tashkil etiladi.

15 iyungacha

2-bosqich

Talabalar o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalar quyidag joylarda qabul qilinadi:

  • oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha ko‘chirish (qayta tiklash – talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha bo‘lgan muddatda) ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasida;
  • qolgan hollarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlari orqali qabul qilinadi.

15 iyuldan

 5 avgustgacha

3-bosqich

Oliy ta’lim muassasasi,vazirlik (idora) va Idoralararo komissiya arizalari yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga (yoki oliy ta’lim muassasasiga) javob xati yo‘llaydi.

5 avgustdan

30 avgustgacha

4-bosqich

Ko‘chirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan holda (tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida) oliy ta’lim muassasasining rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.

2 sentyabrdan

10 sentyabrgacha

5-bosqich

Talabani talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘ma jildi olinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan  muddatda amalga oshirgandan so‘ng chiqariladi.

1 oktyabrgacha

Bahorgi semestr bo‘yicha

6-bosqich

Talabalar o‘qishini qayta tiklash (uzrli sabablar bilan ko‘chirish) bo‘yicha arizalar quyidagi joylarda qabul qilinadi:

  • oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha ko‘chirish (qayta tiklash – talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha bo‘lgan muddatda) ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan;
  • qolgan hollarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligitomonidantashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlar orqali qabul qilinadi.

20 dekabrdan

20 yanvargacha

7-bosqich

Oliy ta’lim muassasasi, vazirlik (idora) va Idoralararo komissiya arizalar yuzasidan qaror qabul qiladi va fuqaroga (yoki oliy ta’lim muassasasiga) javob xati yo‘llaydi.

25 yanvardan

15 fevralgacha

8-bosqich

Qayta tiklash (uzrli sabablar bilan ko‘chirish) masalasi ijobiy hal etilgan holda (tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida) oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim  olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.

15 fevraldan

25 fevralgacha

9-bosqich

Talabani talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaxsiy yig‘ma jildi olinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirgandan so‘ng chiqariladi.

1 martgacha

Izoh: Oliy ta’lim muassasalari talabalarni o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashni amalga oshirish muddatlariga O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yangilangan sana: 06.09.2017