Xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik

1992-yildan hozirgi vaqtga qadar universitet bilan dunyoning 23 davlatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan 44 dan ziyod xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan. Hozirgi vaqtga kelib JIDU hamkorlikka oid 18 ta memorandumga ega. Ularning orasida bir nechta xalqaro tashkilotlar (UNESCO, UNDP, KOICA) va “Зарубежнефтегаз”, (OAO “Газпром”, Rossiya), POSCO Engineering Construction Co. Ltd (Janubiy Korea) kabi bir nechta xorijiy kompaniyalar ham bor.

2016- yil yakunlariga ko‘ra, Univeristetning Yevropa va Osiyo mintaqasidagi turli OTMlar bilan o‘rnatilgan Almashinuv dasturlari doirasida JIDUning 30 nafar talabasi (Tsukuba Universiteti 3ta, Hokaydo universiteti 3 ta, Nagoya univeristeti 1 ta (Yaponiya), Koreya Respublikasining Ajou universiteti 14 ta, Ispaniyaning Kastilya la-Mancha universiteti 6 ta, Shvetsiyaning Lund universiteti 3 ta Ruminiyaning A/Kuza universiteti -1 nafar)  xorijiy ta’lim muassaslarida qisqa muddatli loyihalarda  ishtirok etishdi. 

Toshkentdagi xorijiy elchixonalar va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorik

Universitetda diplomatik missiya va xalqaro tashkilotlar a`zolari ishtirokida turli xil ma’ruza va chiqishlar, konferensiya va davra suhbatlarini tashkillashtirish odat tusiga kirgan. Universitetda Toshkentda akkreditatsiya qilingan Dipkorpusning ko‘magida har yili har xil madaniy tadbirlar (Xorijiy tillar kuni, Xorijiy madaniyat  kuni) muntazam o‘tkazib turiladi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik

Universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibi doimiy ravishda turli xil treninglar, seminarlar, xorijiy ilmiy-ma’rifiy) va ijtimoiy-gumanitar muassasalarining (ITEC, Mashav, DAAD, MTCP v.h.) kurslarida ishtirok etish orqali o‘z malakalarini oshirishadi.

Universitetning xalqaro ilmiy-ma`rifiy loyihalarida doimiy ishtiroki ta’minlangan (Tempus, Erasmus Mundus, Jan Mone, JDS, KOICA va UNDP loyihalari).

Yangilangan sana: 30.08.2017