14.09.2019 1043

7 sentabr 2019 yil Xalqaro Westminster universitetita Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining "Les messagers de l'espoir" va Xalqaro Westminster universiteti qoshidagi "School of volunteers" kongillilar klublari o'rtasida memorandumni imzolash  sharafiga uchrashuv uyushtirildi. "Memorandum of understanding "ni imzolashdan maqsad, endilikda o'zaro hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash, talabalar faolligini oshirish, hayriya aksiyalar va marafonlarni tashkil etishda yordam ko'rsatish, hamda ikki universitet talabari o'rtasida tajriba almashishdir. Tadbir davomida klublar ko'ngillilari o'rtasidagi hamkorlik bilan bog'lik muammoli savollar va rejalarni  muhokama qilishdi. Ushbu tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan Xalqaro Westminster universiteti talabasi Hayot Xaliqovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.