10.09.2019 1472

6-sentyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “The New York Times – Times Journey” dasturi doirasida AQSHlik bir guruh mashhur ekspertlar, professorlar hamda biznesmenlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mashhur “Times” gazetasining maxsus muxbiri Endryu Kramer, Texas Universiteti professori Joys Koulmen, Maykrosoft korporatsiyasi vakili Djuliya Vid, Ernst & Young LLP korporatsiyasi iqtisodchisi Deyl Anna Reys va boshqa mutaxassislar faol qatnashdilar.  

JIDUning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etgan bu qiziqarli uchrashuvda turli masalalar boʻyicha xususan, Oʻzbekistonning tarixi, madaniyati, turistik imkoniyatlari hamda Oʻzbekiston talaba yoshlarining hayot tarzi va qiziqishlari kabi mavzularda baxsli davra suhbati boʻlib oʻtdi. Mehmonlar Oʻzbekistonning boy madaniyati, tarixi va ulkan turistik salohiyati oʻzlarida katta taassurot qoldirganligini alohida taʼkidladilar. Uchrashuv soʻngida delegatsiya vakillari universitet kutubxonasi, oʻquv zali hamda sport-sogʻlomlashtirish majmuasi faoliyati bilan ham tanishishdi.