20.07.2019 1405

Louisiana Tulane Universitetiga (Yangi-Orlean, Luiziana, AQSh) tashrif AQShning Xalqaro hamkorlik bo'yicha agentligi (USAID) va Tetra Tech (AQSh) ko'magida USAIDning O'zbekistondagi  sud-huquq islohoti dasturi doirasida bo'lib o'tdi.

O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida Adliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik va parlament tadqiqotlari instituti, shuningdek, "Yuksalish" umummilliy harakati vakillari ishtirok etishdi.

Tashrif maqsadi AQShning Tulane universiteti ommaviy huquqi markazi tomonidan tashkil etilgan qonunchilikni rivojlantirish xalqaro institutining treninglarida ishtirok etish bo'ldi.

Treninglarda shuningdek, Hindiston, Singapur, Keniya, Gana, Shri-Lanka va boshqa mamlakatlardan parlamentlar, hukumatlar, huquqiy firmalarning 44 nafar vakili qatnashdi.

Ishtirokchilar treningning maqsad va vazifalari, ta'lim va amaliyotni integratsiyalashning yangi usullari, Yangi-Orlean shahri va Luiziana shtatining madaniyati va tarixi haqida turli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Turli mavzular bo'yicha ma'ruzalar tinglandi:

  • Ikki palatali AQSh qonunchilik jarayoni va parlamentlarning taqqoslanishi;
  • qonunchilik va ma'muriy rivojlanishning umumiy qoidalari;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha ko'rsatmalar;
  • qonun loyihalarini tartibga solish;
  • va boshqalar.

Ma'ruzalar Tulane universiteti ommaviy huquq markazi ijrochi direktori, professorlari va amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan o'tkazildi.

Uchrashuvlar AQShning Apellyatsiya sudida, AQSh politsiyasining mustaqil monitoringida, AQSh vakillar palatasi va senatining Luiziana shtatidan a'zolari bilan bo'lib o'tdi.

Treningda JIDU vakillari sifatida universitetning prorektori G.S.Ismailova  va JIDU doktoranti M.A.Rahimovalar qatnashishdi.