11.07.2019 1293

2019-yil 9-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasi binosida Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudi bilan hamkorlikda talabalarni iqtisodiy sud jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sayyor sud majlisi bo`lib o`tdi.

Sud majlisida Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudi sudiyasi I.Xakimova, Toshkent shahar Olmazor tuman Prokuraturasi prokuror yordamchisi A.Haydarov, da`vogar “Unimax” MCHJ manfaatlarini himoya qiluvchi sifatida “Zakirova Larisa Grigorevna” advokatlik byurosi advokati L.Zakirova va javobgar Toshkent shahar Olmazor tuman soliq inspeksiyasi tomonidan katta soliq inspektori A.Tajmiddinovlar ishtirok etishdi.

Sud majlisi O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va boshqa normativ huquqiy hujjatlaridan o`rnatilgan tartibda olib borildi. Sud majlisi avvalida sud raisi I.Xakimova tomonlarga huquq va majburiyatlarini eslatib o`tdi. Shundan so`ng tomonlar tinglanib, ular taqdim etgan hujjatlar o`rganib chiqildi. Bu vaqtda prokuror yordamchisi A.Haydarov sud jarayonida qonuniylik ta`minlanishi ustidan nazoratni amalga oshirdi.

Sud majlisi so`ngida mazkur ish yuzasidan hal qiluv qarori e'lon qilinib, uning huquqiy jihatlari asoslab berildi. Talabalar bevosita sud jarayoniga oid savollariga bilan sud ishtirokchilaridan javob olishdi.