07.07.2019 2470

2019 yil 1 iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasi talabalari O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlik doirasida Bosh Prokuratura Akademiyasida bo`lib o`tgan “Prokuratura organlari faoliyatida xalqaro huquq normalarini qo`llashning ahamiyati” mavzusida bo`lib o`tgan davra suhbatida ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Akademiyada o`quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi boshlig`i, adliya maslahatchisi Marat Palvanov va Magistratura bo`limi boshlig`i, adliya katta maslahatchisi Ulug`bek Rahmanov Prokuratura organlari faoliyati va Akademiyada o`quv jarayonini tashkil etish, prokurorlik faoliyati, tergov va so`roq o`tkazish va korrupsiyaga qarshi kurash bo`yicha O`zbekistonda amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida mutaxassislar fikri bilan tanishishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida Yuridik klinika o`quvchilari Akademiyaning moddiy-texnik bazasi va amaliy mashg`ilotlar o`tkazish tartibi bilan bevosita tanishib, o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir so`ngida shu kabi uchrashuvlarning davomli tarzda bo`lib o`tish har ikkala tomon uchun ham foydali ekanligi alohida qayd etilib, hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.