02.07.2019 1737

2019 yil 27 iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasi talabalari O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga yetmagan shaxslar uchun jazoni ijro etish muassasalaridan biriga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida muassasasi boshlig`i, Shoira Adilova Yuridik klinika talabalarni muassasa binolarining yangi ko`rinishi, voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilarning bilim olish va sport bilan shug`illanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Shundan so`ng, talabalar muassasa tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib, ular bilan qiziqarli suhbat o`tkazishdi, turli ijodiy va savol-javob tarzidagi o`yinlar tashkil etilib, g`oliblar klinika jamoasi nomidan esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Tadbir so`nggida muassasa ma`muriyati O`zbekiston Respublikasi jazoni ijro etish tizimida voyaga yetmagan shaxslar bilan ishlashda umum e`tirof etilgan xalqaro huquq normalariga amal qilish tartibi va bunday shaxslar bilan ishlashning o`ziga xos tomonlari to`g`risida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.