23.05.2019 2661

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, "Xalqaro huquq" fakulteti 2-kurs talabasi Sobirov Shaxruzbek 2019-yilning 14-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida poytaxtimizda joylashgan 5 ta oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida tashkil etilgan Notiqlik san'ati bo'yicha  o'tkazilgan tanlovda ishtirok etib "The best speaker" nominatsiyasi bo'yicha faxrli 1-o'rinni egalladi.

Universitet jamoasi ushbu sharafli natijalari bilan Shaxruzbekni qutlaydi va kelgusida yanada katta yutuqlarga erishishiga hamda mamlakatimiz sharafini dunyo bo'ylab taratishiga tilak bildiradi.