21.05.2019 2715

2019 yil, 17-18 may Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Iqtisodiyot nazariyasi" bo'yicha OTM talabalari orasida Respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi 33 oliygohlarining talabalari ishtirok etishdi. JIDU, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-kurs talabasi Yakovlev Ruslan yuqori ikkinchi o'rinni egalladi. G’olibimizni va uning ilmiy rahbarini, "Iqtisodiy nazariyasi" kafedrasining dotsenti Djuraeva Rano Abdullaevnani chin dildan tabriklaymiz! Shuni ta’kidlash kerakki, UWED talabalari ko'p yillar davomida "Iqtisodiyot nazariyasi" fani bo'yicha Respublika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni egallashmoqda. Sizlarga yangi g'alabalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!